2020 yilning 30 aprel' kuni soat 22:30 larda Qo‘rg‘ontepa tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Qoradori-2020” tadbirining birinchi bosqichi davomida fuqaro T.S.ning Oltin vodiy MFYda joylashgan xonadonidan selofan paketga solingan og‘irligi 2,1 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: