Аndijonda ichki ishlar xodimlari birlashgan kasaba uyushma qoʼmitasi tomonidan bepul tibbiyot niqoblari hamda gigienik vositalar tarqatildi
Ichki ishlar xodimlarini koronavirus kasalligidan himoya qilish hamda ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash maqsadida Аndijon shahridagi jamoat joylarida, bozorlar va vokzallarda xizmat olib borayotgan yoʼl-patrul xizmati va patrul-post xizmati xodimlariga Аndijon viloyati ichki ishlar xodimlari birlashgan kasaba uyushma qoʼmitasi tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot boʼlimi xodimlari hamkorligida tibbiyot niqoblari hamda gigienik vositalari tarqatildi.
Shuningdek, koronavirus kasalligi tarqalgan vaqtlarda ham oʼzining xizmat burchini sidqidildan olib borib, aholiga namunali transport xizmatini koʼrsatayotgan transport tashkilotlari xodimlariga minnatdorchilik sifatida yoʼl-patrulь xizmati xodimlari tomonidan tibbiyot niqoblari tarqatildi.
Аndijon viloyati ichki ishlar xodimlari birlashgan kasaba uyushma qoʼmitasi raisi Burxanov Fazliddinning xabar berishicha 20.000 dona tibbiyot niqoblari va 500 dona gigienik vositalar xarid qilinib, viloyatda xizmat qilayotgan barcha profilaktika inspektorlari hamda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlariga tarqatib chiqildi.