19 Iyun 2021 yil 773

Andijonda IIV YHXBB boshlig‘i ishtirokida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yana-da kuchaytirishga qaratilgan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyatida yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan tadbirlarni yana-da kuchaytirish, bu yo‘nalishda qo‘shimcha tajriba loyihalarini belgilash va amalga oshirish yuzasidan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan IIV YHXBB boshlig‘i polkovnik O.Ch.Saidov so‘zga chiqib, bugungi kunda transport vositalarining soni ortib borayotganligidan kelib chiqqan holda sohaga innovatsion texnologiyalarni jalb etish masalasiga yetarlicha eʼtibor qaratilmayotganligi, tizim rahbarlarining qo‘l ostida xodimlar ustidan nazoratni susaytirganligi, targ‘ibot va tashviqot ishlarining taʼsirchanligi yetishmayotganligi kabi omillar viloyatda so‘nggi kunlarda og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarining sodir bo‘lishida asosiy sabab ekanligi taʼkidlab o‘tildi.

Shuningdek,viloyatda yo‘l-transport hodisalarini oldini olishda eskicha ish uslublaridan voz kechish, yo‘l-transport hodisalarini oldini olish hamda transport va yo‘l harakati ishtirokchilarini tartibga solish, ularning xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha chet el mamlakatlarida sinalgan xalqaro tajribalarni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha ham atroflicha so‘z yuritilib, aniq vazifalar belgilab olindi.

Bundan tashqari, yo‘l-patrul inspektorlarining fuqarolar bilan doimiy ravishda xushmuomalada bo‘lishlari, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan, o‘z vaqtida bajarishlari, umuman olganda “Vatanga va xalqqa xizmat qilish – eng oliy burch” konseptual g‘oyasi asosida  faoliyat olib borishlari zarurligiga alohida urg‘u qaratildi.

Yig‘ilishda viloyat IIB YHXB boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari hamda bir qator mutasaddilarning axborotlari eshitildi.

Yig‘ilish yakunida Bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech