5 Iyun 2020 yil 1037

Andijonda ijro intizomini yanada mustahkamlashni tashkil etish va ta'minlash bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2018 yil 30 iyuldagi 207-sonli buyrug‘iga asosan, Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.D.Tasbaev tomonidan xodimlarning bilim va kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtirib borish, malaka va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida o‘quv-mashg‘ulotlari rejasi tasdiqlanib, uning ijrosi joylarda karantin tartibiga qat'iy rioya qilingan holda ta'minlanmoqda.

Xususan, viloyat IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik ta'minlash bo‘limi hamda Kadrlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 1 – 5 iyun' kunlari Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB, Xonobod shahar, Andijon, Qo‘rg‘ontepa, Izboskan, Jalaquduq, Paxtaobod va Xo‘jaobod tumanlari ichki ishlar bo‘limlarida soxaviy xizmat boshliqlari hamda tegishli shaxsiy tarkibga ijro intizomini yanada mustahkamlashni tashkil etish va ta'minlash bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Ushbu o‘quv-mashg‘ulotlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajadagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida»gi PQ-2881-sonli, 2018 yil 5 oktyabrdagi «Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3962-sonli qarorlari, 2017 yil 9 avgustdagi «Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi F-5017-son farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 12-son qarori va Ichki ishlar vazirligining 1999 yil 31 yanvardagi 22-sonli buyrug‘ining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

Xodimlarning bilim va kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtirish, malaka va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech