25 Noyabr 2024 yil 1441

Andijonda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida faxriylarning turistik va madaniy meros obyektlariga tashriflari tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 340-sonli qaroriga asosan yurtimizda har yili noyabr oyi – “Keksalar uchun turizm oyligi” deb eʼlon qilingan.

Shunga asosan tizimdagi faxriylar kengashlari, hamkor tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari hamda ichki ishlar organlari faxriylari ishtirokida ularning ichki turizm bo‘yicha turistik va madaniy meros obyektlari hamda muqaddas qadamjolarga tashriflari tashkil etilmoqda.

Hozirda bu kabi tadbirlar barcha shahar-tumanlarda davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech