Andijonda “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida Markaziy bankining Andijon viloyat bosh boshqarmasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Andijon viloyat bosh boshqarmasi hamda aksiyadorlik tijorat banklarning boshliqlari ishtirok etdi.
Tadbirda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xodimi Umidjon Hamraqulov hamda boshqa bir qator mutasaddilar so‘zga chiqishib, bugungi kunda fuqarolarning tez fursat ichida mo‘may daromad olishi mumkinligi mazmunidagi turli soxta xabarlar tarqatilayotgani haqida ogohlantirish berdilar. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmasligi tushuntirildi.
Shuningdek, fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish hamda unga qarshi kurashishda aholida “kibergigiyena”ni shakllantirish masalalari yuzasidan ham atroflicha maʼlumotlar berilib, barcha hushyorlik va ogohlikka chaqirildi.
“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi doirasidagi targ‘ibot tadbirlari joylarda davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati