Andijonda koronavirus infeksiyasiga qarshi targ‘ibot ishlari kuchaytirilmoqda
Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida ham koronavirus infeksiyasiga qarshi targ‘ibot ishlari kuchaytirilmoqda. Xususan, tuman IIB, Milliy gvardiya, tibbiyot birlashmasi, SEOM xodimlari bilan hamkorlikda aholi ko‘p to‘planadigan joylar, bozorlar, markaziy ko‘cha hamda do‘konlar atrofida kasallikka qarshi tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, dizinfeksiyalash ishlari ham keng ko‘lamda amalga oshirilyapti.
Olib blorilayotgan targ‘ibot tadbirlarida tibbiy niqob taqib yurish, dezinfeksiya vositalaridan foydalanish, oraliq masofani saqlash singari oddiy, lekin, zaruriy ko‘rsatmalarga rioya etish muhim ekanligi fuqarolarga uqdirilmoqda. Shu maqsadda ehtiyojmand fuqarolarga tibbiy niqob, dezinfeksiya vositalari bepul tarqatilyapti. Savdo do‘konlari oldiga oraliq masofani saqlash haqidagi yozuvlar, oyoq kiyimlarini tozalovchi vositalar tashkil etilmoqda. Hozirda bu kabi tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari davom ettitrilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati