Andijonda kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini noqonuniy yo‘llar bilan sotishni maqsad qilganlar qo‘lga olindi
Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi va tegishli sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida o‘zini shubhali tutgan Andijon shahrida yashovchi Yu.O‘.ning yoni ko‘zdan kechirilganida 17 dona “Regapen”, 18 dona “Lirika”, 2 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir etuvchi va 74 dona “Azaleptol”, 30 dona “Aminazin”, 4 dona “Alikaps” va 25 dona “Mifepriston” nomli turli-xil dori vositalari borligi aniqlandi. Shuningdek, tadbir davomida Andijon shahrida istiqomat qiluvchi R.N.ning yoni ko‘zdan kechirilganida esa 10 dona “Lirika”, 12 dona “Regapen”, 3 dona yelim idishda “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi maʼlum bo‘ldi.
O‘tkazilgan surishtiruvlar davomida yuqoridagi fuqarolar kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini noqonuniy yo‘llar bilan sotishni maqsad qilib qo‘yganligi ayon bo‘ldi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilib, tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati