Аndijonda mast xolda huquqbuzarlarlik sodir etgan fuqarolar 15 sutkaga qamaldi
2020 yil 14 aprel kuni soat 15:00 larda Xo‘jaobod tumani Mustaqillikning 27 yilligi mahallasida yashovchi fuqarolar D.R hamda U.O.lar karantin qoidalarini buzib jamoat joyida spirtli ichimlik ichishib, mast xolda turli haqoratli so‘zlar bilan baqir-chaqir ko‘tarishgan. Bu salbiy xatti-harakatlari bilan oila a'zolari va shu joyda yashovchi fuqarolarning tinchligini buzganlar.
Ushbu holatdan xabar topgan shu xududga xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika inspektori zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, ularni tinchlantirmoqchi bo‘ladi. Ammo ular xodimning qonuniy talabiga bo‘ysunmay faol qarshilik ko‘rsatishgan.Karantin paytida jamoat tartibini buzib, huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolar ishi 16 aprel kuni Jalaquduq tuman ma'muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi MJtKning bir qator moddalariga asosan huquqbuzarlar D.R xamda U.O.larga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati