5 Sentyabr 2025 yil 1006

Andijonda “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyati IIBning 2025-yil 5-avgust kunidagi tegishli buyrug‘iga asosan joriy yilning 3-sentyabr kuni shahar-tuman IIB boshliqlari ishtirokida “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda 16 nafar xodim ishtirok etdi. Ishtirokchilar dastlab jismoniy tayyorgarlik sinovida to‘sinda tortilish, 100 metr va 1 000 metr masofaga yugurish shartlarini bajarishdi. Shundan so‘ng, “Makarov” pistoletini to‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, “Makarov” pistoletidan 50 metr masofaga otish mashqlari bajarildi. Yana bir shartda xodimlar test savollari orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Psixologik sinovdan o‘tgan ishtirokchilar bilan tanlov yakunida komissiya a’zolari tomonidan suhbat o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, birinchi o‘rinni egallagan xodim tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech