13 Aprel 2022 yil 641

Andijonda Polsha Respublikasiga ishga yuborish uchun 3500 AQSH dollari talab qilgan firibgar qo‘lga olindi

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasiga Marhamat tumanida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Andijon shahrida Polsha Respublikasiga fuqarolarni ishlash uchun jo‘natayotgan firma haqida eshitib, joriy yilning 17-yanvar kuni ushbu firmaga borgan vaqtida Polsha davlatiga haydovchilik ishiga jo‘natish uchun unga 3500 AQSH dollari berishligini, hozirda hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa to‘lovlar uchun oldindan 1500 AQSH dollari  kerakligi  aytilgan. Fuqaro tanishlaridan so‘rab-surishtirgan vaqtida masʼuliyati cheklangan jamiyatning fuqarolarni chel elga yuborish uchun maxsus litsenziyasi yo‘qligidan xabar topib, 1500 AQSH dollarini talab qilgan  shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.  

Mazkur murojaatga asosan, Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Departamentning Andijon viloyati boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Tezkor tadbir natijasida ariza muallifidan fuqaro uni Polsha Respublikasiga yuk tashish avtomashinasi haydovchiligi vazifasiga ishlash uchun tanishlari orqali ishga yuborish evaziga firibgarlik yo‘li bilan talab qilingan 3500 AQSH dollaridan 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.        

Mazkur holat yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech