23 Mart 2021 yil 570

Andijonda psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning hududiy probatsiya guruhlarida amaliyot o‘tashlari yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 07 noyabr kungi “Jinoyat ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2018 yil 07 dekabr kungiprobatsiya xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘ida ko‘rsatilgan  asosiy vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati IIB probatsiya boshqarmasi nazoratida turgan shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish bo‘yicha Andijon davlat universitetining psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarini hududiy probatsiya guruhlarida amaliyot o‘tashlari yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, ularning imkoniyatidan keng foydalanib, nazoratdagi shaxslarning psixologik portretini tuzgan holda kelgusida ular tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etishga moyilligini  aniqlash va barvaqt oldini olish bo‘yicha  profilaktika inspektorlari, tezkor vakillar hamda mahalla faollari yordamida profilaktik-treninglar o‘tkazilishi ham yo‘lga  qo‘yilib, bu boradagi amaliy ishlar davom ettirilmoqda

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech