25 May 2020 yil 1004

Andijonda reyd tadbirlari kuchaytirilgan tartibda o‘tkazilmoqda

Andijon viloyati hududida maxsus komissiya tomonidan o‘rnatilgan tartiblarga to‘liq rioya qilmayotgan avtomobil' haydovchilari uchrab turibdi.

Ogohlantirishlarga qaramasdan bugun 25 may kuni soat 17:00ga qadar viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX xodimlari tomonidan 92 nafar yo‘nalishsiz taksi xaydovchilariga nisbatan karantin va yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari uchun ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ularga tegishli bo‘lgan transport vositalari vaqtinchalik jarima maydonlariga olib kirildi. 

Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘llarda harakatlanganda karantin va yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qolamiz.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech