Andijonda savdo do‘konini talon-taroj qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi fuqaro N.B tumanning Yangihayot MFYda joylashgan fuqaro T.A.ga qarashli savdo do‘koni omborxonasidan 2020 yil 20 mart kunidan 2020 yil 25 may kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, jami 120.000.000 so‘mlik turli xil salqin ichimliklarni yashirin ravishda talon-toroj qilgan hamda o‘g‘irlangan salqin ichimliklarni o‘zga shaxslarga sotib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.B.ga nisbatan 2020 yil 27 may kuni Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati