3 Noyabr 2021 yil 485

Andijonda tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar bo‘lgan, shuningdek kuchli taʼsir etuvchi preparatlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda

Ichki ishlar vazirining 2021-yil 29-oktyabr kungi tegishli Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 1-noyabridan 30-noyabriga qadar, manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar bo‘lgan, shuningdek kuchli taʼsir etuvchi preparatlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilishi belgilandi.

Ushbu farmoyish ijrosini taʼminlash maqsadda Andijon viloyatida Ichki ishlar vazirligining tashabbusi bilan bu boradagi jinoyatlarni oldini olish maqsadida manfaatdor idora va tashkilotlar masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, ushbu oylik davomida bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv tezkor xodimlarining  intellektual salohiyatlarini oshirish  bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda jinoyatlarni fosh etishda zamonaviy texnologiya vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi.

Tadbir davomida barcha zarur kuch vositalarni jalb qilish maqsadida  Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining maxsus itlari xizmat olib borishligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarni o‘tkazilishidan asosiy maqsad xizmat itlarining psixotrop moddalar va kuchli taʼsir etuvchi preparatlarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarni fosh etishda ularning faolligi va ko‘nikmalarini yanada oshirishdir.

Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi aʼzolari tomonidan Andijon shahrida tungi vaqtlarda bu boradagi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan barcha tegishli xizmatlardan iborat xodimlarga tungi yo‘riqnoma o‘tkazilib, ushbu turdagi jinoyatlarni aniqlashda tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida nazorat ostidagi dori vositalarni tashish bilan bog‘liq jinoiy holatlarni aniqlash  yuzasidan barcha kuch vositalarni jalb qilgan holda jami 4 ta ko‘chma harakatlanuvchi postlar tashkil etildi.

Shu bilan birga tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalari bo‘lgan dori vositalarini isteʼmol qilinishi va noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatlar va ularning oqibatlari yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Andijon davlat universiteti, Andijon mashinasozlik instituti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi institutlarining talaba yoshlari o‘rtasida profilaktik ogohlantiruv tadbirlari o‘tkazildi. 

Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan  joriy yilning 1 noyabr kuni Andijon shahar Mangulik ko‘chasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon shahrida yashovchi fuqaro T.S xolis xaridorga  240 000 so‘m evaziga 30 dona “Siklodol” psixotrop dori vositasini  sotayotganda ushlandi. Shuningdek,  ushbu fuqaroning yonida 10 dona “Sibazon”, 40 dona “Fenobarbital” psixotrop dori vositalari borligi aniqlandi.O‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir natijasida o‘zini shubhali tutgan Andijon shahrida yashovchi fuqaro O.D.ning yonidan 9 dona “Lirika”, 14 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari olindi. Shuningdek, Andijon tumanida istiqomat qiluvchi  T.S.ning yoni ko‘zdan kechirilganida qo‘lida bo‘lgan ayollar sumkachasidan 176 ta turli xildagi kuchli taʼsir etuvchi hamda 172 dona xirsni uyg‘otuvchi dori vositalari  olindi.

Hozirda dori vositalarini yetkazib berayotgan manbalarni aniqlashga qaratilgan tezkor-surishtiruv tadbirlari davom etmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech