22 Fevral 2020 yil 1212

Аndijonda “Tigʼ” profilaktik tadbirlari doirasida 356 ta tigʼli predmetlar olindi

Аndijon viloyati IIB xodimlari tomonidan tuman-shaharlarda oʼtkazilayotgan “Tigʼ” profilaktik tadbirlari natijasida joriy yilning shu kuniga qadar 356 ta tigʼli predmetlar olingan. Tadbirlar davomida ushbu tigʼli predmetlar maishiy zaruriyat uchun emas, birovga jiddiy tan jarohatlari yetkazish mumkin boʼlgan sovuq qurol sifatida saqlanganligi aniqlanmoqda. Pichoqlardan tashqari kastet, professional yoki xonaki tayyorlangan beysbol bitalari ham olib qoʼyildi.

Tadbirlar davomida yonidan tigʼli jismlar olingan shaxslar ertasi kuni oila aʼzolari, mahalladoshlari ishtirokida muhokama qilinib, ularning tigʼli predmetlarni olib yurish sabablari boʼyicha tarbiyaviy ishlar kuchaytirilmoqda. Xususan, Аndijon viloyati IIB Patrulь-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi PPX batalьoni xodimlari tomonidan “Tigʼ” profilaktik tadbiri doirasida 2020 yilning shu kuniga qadar Аndijon shahri xududidagi aholi gavjum boʼlgan maskanlarda, oʼquv muassasalarida, koʼchalarda xamda korxona-tashkilotlarda jami 44 marotaba profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Oʼtkazilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlar sodir etilishi mumkin boʼlgan jinoyatlarning oldini olishi bilan birga, boshqa bir shaxslar tomonidan ham tigʼli predmetlarni olib yurish holatlarini kamayishiga xizmat qiladi. 

Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech