Andijonda “Tozalash-Antiterror” maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Respublikamizda “Prezident archasi” va “Yangi yil” bayrami tadbirini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida hududlarda jamoat tarbini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2020 yil 1 dekabr' kunidan boshlab, respublika miqyosida “Tozalash-Antiterror” maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Andijon viloyatining barcha hududlarida o‘tkazilayotgan maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida bir qator salbiy holatlarning oldi olindi.
Xususan, shu yilning 2 dekabr kuni soat 03:30 larda Bo‘ston tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari K.Otaxonov, N.Raxmonov, O.Abdulazizov hamda tuman IIB YHXG katta inspektori B.Azimjonovlar tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida Bo‘ston tumani hududidan o‘tuvchi A373 avtomobil yo‘lining "Andijon-Toshkent" yo‘nalishida yo‘l chetida turgan 21 yoshli fuqaro B.S. hamda 35 yoshli fuqaro J.S.ga tegishli ikkita "Lasetti" avtomobillari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Avtomobillarning salon qismi va yukxonasida 23 yoshli fuqaro S.A.ga tegishli bo‘lgan, xorijda ishlab chiqarilgan “7SHOTS” nomli 67 dona, “Zolotoy pesok” nomli 264 dona, “KORSAR” nomli 750 quti (har bir qutida 60 donadan), “9D” nomli 11 dona umumiy narxi 1100 AKSh dollarlik pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, aniqlangan pirotexnika vositalari chora ko‘rishlik uchun tuman IIBga topshirilgan.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati