15 Mart 2024 yil 1030

Andijonda "Hudud tajribasi" metodik qo‘llanmalarining mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan o‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom etmoqda

Avval xabar qilinganidek, har bir hududning kriminogen va demografik xususiyatini inobatga olgan holda jinoyatni sodir etish sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlarni “ilmiy diagnoz” va tahlillari asosida yaratilgan “Hududlar tajribasi” qo‘llanmalarining mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Oltinko‘l, Asaka, Izboskan, Bo‘ston, Ulug‘nor hamda Shahrixon tumani IIBlarida xizmat qilayotgan xodimlar uchun tashkil etilgan seminar mashg‘ulotlarida IIV Akademiyasining masʼul xodimi tomonidan ilmiy yondashuv asosida yaratilgan “Hududlar tajribasi” qo‘llanmalari bo‘yicha batafsil maʼlumotlar yetkazildi.

O‘quv-seminari boshqa shahar-tumanlarda davom etmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech