Аndijonda oʼtkazilgan tungi reyd tadbirlari davomida "Kaptiva" avtomashinasi yukxonasida "Bita" borligi aniqlandi
2020 yilning 18 mart kuni Izboskan tumanida viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan tungi reyd tadbiri o‘tkazildi.Reyd tadbiriga Andijon viloyat IIB YHXB, Izboskan tumani IIB va O‘zbekiston Respublikasi Transport boshqarmasi Andijon viloyat bo‘limi xodimlari jalb etildi.Tadbir oldi yo‘riqnomasida xodimlarga fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish,shaxsiy xavfsizlikka rioya etish yuzasidan qo‘shimcha tavfsiyalar berildi.
O‘tkazilgan reyd davomida alohida e'tibor yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqaruvchi qo‘pol turdagi qoidabuzarliklarni aniqlashga qaratilib, bu yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirildi.Tadbir davomida jami 97 ta, shundan 64 ta qo‘pol turdagi qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Shu jumladan, 1 ta mast holda, 2 ta davlat raqam belgisiz, 2 ta davlat raqam belgisini turli vositalar bilan to‘sib qo‘yish, 1 ta serena o‘rnatish, 1 ta ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik hamda 57 ta tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqarish holatlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda 64 ta avtotransport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Bundan tashqari, tadbir davomida Izboskan tumanida yashovchi fuqaro K.U boshqaruvidagi “Kaptiva” rusumli avtomashina yukxonasi ko‘zdan kechirilganida, jinoyat quroli sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan 1 dona “Beysbolnaya bita” borligi aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati