Andijonda huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatlari xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
Andijon viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan haftaning har shanba kunlari viloyat ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatlari xodimlari uchun mintaqalarga ajratilgan holda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, profilaktik hisobdagi shaxslar bilan ishlash, bu borada jamoatchilik, mutasaddi tashkilot va idoralar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish, jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlarni hal etish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushunchalar berilyapti.
Xususan, 2021 yil 9 yanvar kuni Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi rahbar va masʼul xodimlari tomonidan 108 nafar profilaktika inspektorlari uchun "Huquqbuzarliklar profilaktikasi asoslari, turlari, hisob toifalari tushunchasi, murojaatlarni hal etilishi, bu borada hamkorlikni amalga oshirish" mavzularida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Yosh xodimlarni bilim saviyasini yuksaltirish, kasbiy mahoratini oshirish borasidagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati