Andijonda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Oliy Majlis Senatining 2020 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan ishlarning holati xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputatlari bilan birgalikda Qo‘mitaning sayyor majlisida muhokama qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi tomonidan 2020 yil 23 aprelda qabul qilingan va bugungi kunda Oliy Majlis Senati tomonidan viloyat Kengashlariga muhokama qilish maqsadida yuborilgan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta'minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun, halq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputatlari bilan muhokama qilindi va fikr mulohazalar bildirildi.
Xususan, Qonunning qabul qilinishi kelgusida mahkumlarning huquqlari, erkinliklarini kengaytirish hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, shuningdek, jazoni ijro etish tizimida shaxsni axloqan tuzatish va jamiyatga ijtimoiy moslashuvini amalga oshirishida muhim ahamiyat kasb etishi deputatlar tomonidan bildirib o‘tildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati