1 Iyun 2020 yil 841

Andijonda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi rahbar kadrlar tayyorlash fakulteti xodimlari tomonidan o‘quv-seminari o‘tkazildi

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida bo‘lib o‘tgan seminarda IIV Akademiyasi rahbar kadrlarni tayyorlash fakul'tetini tamomlab, hozirda ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan va ayni vaqtda mazkur fakul'tetda o‘qiyotgan xolda ichki ishlar organlarida amaliyot o‘tayotgan xodimlar va 2020 yilda o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi rahbar kadrlar tayyorlash fakul'teti boshlig‘ining o‘rinbosari, mayor Ahmadjon Sobirov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi rahbar kadrlar tayyorlash fakul'tetiga kirishda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, ta'lim jarayoni va o‘quv muassasasida yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha ma'lumotlar yetkazdi. O‘quv-seminari davomida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mutahassis tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech