11 Mart 2021 yil
614
Andijonda “Zarbdor oyligi” doirasida “AFG‘ON” giyohvandlik moddasini 600 AQSH dollari evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
2021 yil 23 fevral kuni jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan “Zarbdor oyligi” doirasida Paxtaobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB hamda Andijon viloyati IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro K.M maxsus xaridorga 41,28 gramm “AFG‘ON” giyohvand moddasini 600 AKSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati