Andijonda “Zarbdor oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida yana bir qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi
Andijon viloyati hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan “Zarbdor oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida ichki ishlar xodimlari tomonidan noqonuniy qimor o‘yini faoliyatiga chek qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB hamda Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan shu yilning 01 mart kuni olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro R.D o‘zining yashash xonadonida bir nechta shaxslarni to‘plab, ularga sharoit yaratib bergan xolda tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy qimor o‘yini tashkil etganligi aniqlandi.
Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi jalb etilib, davrada bo‘lgan 200 AQSH dollari, jami 3.922.000 so‘m pullar, 24 dona o‘yin kartalari ashyoviy dalil tariqasida, xolislar ishtirokida bayonnoma orqali tuman ichki ishlar bo‘limi ixtiyoriga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati