Andijonda jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha bosh rejaning taqdimoti o‘tkazildi
Andijon mashinasozlik institutida o‘tkazilgan taqdimotda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i O. Saidov, institut rektori U. Turdialiyev hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari I.Ismanov yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazi boshlig‘i M.Razzoqov, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i A.Nosirovlar ishtirok etdilar.
Taqdimotda shahar yo‘nalishlarida «Damas» rusumli yo‘lovchi avtomobillari ko‘pligi natijasida tirbandlik ortayotgani, yo‘l tarmoqlaridan foydalanish samaradorligining pastligi, jamoat transporti (avtobus va mikroavtobus) yetarli darajada emasligi, piyodalar va velotransport tarmog‘ining takomillashtirilmaganligi hamda transport tarmog‘ining yagona boshqaruv tizimi mavjud emasligi kabi muammolar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ushbu muammolarni bartaraf masalalari qatorida ijtimoiy-iqtisodiy demografik, jamoat transporti maʼlumotlari elektron bazasini shakllantirish, joriy holat bo‘yicha transport tizimi modelini ishlab chiqish va rivojlantirish bo‘yicha berilgan takliflar alohida qayd etildi.
Muhokamalar yakunida loyihani yana-da takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati