23 Fevral 2021 yil 592

Andijonda jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan “zarbdor oyligi”ni o‘tkazish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tezkor-profilaktik tadbirlar muhokama etildi

Joriy yilning 22 fevral kuni Andijon viloyati IIB majlislar zalida Andijon viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, Davlat soliq boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash, Xalq taʼlimi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari hamda Bandlik bosh boshqarmasi masʼul rahbarlari ishtirokida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Ichki ishlar vazirining  birinchi o‘rinbosarlarining 2021 yil 20 fevral kungi Jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan “zarbdor oyligi”ni o‘tkazish borasida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilash to‘g‘risida” Qo‘shma Farmoyishi talablaridan kelib chiqqan holda viloyat hududida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tezkor-profilaktik tadbirlar muhokama etildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i D.X.Masaliyev va IIVning masʼul xodimlari K.V.Maripov hamda A.K.Tursunovlar tomonidan huquqni muhofaza etuvchi organ va hamkor tashkilotlar masʼul rahbarlariga tadbirning mazmun mohiyati tushuntirilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech