Andijon viloyati IIB JXX YHXB shaxsiy tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-10-son Qarori mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq yetkazishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 4-fevral kuni Andijon viloyati IIB JXX YHXB shaxsiy tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti bosh inspektori mayor Otaboyev Ikromjon Usmonjonovich hamda Andijon viloyati IIB MMI va KBT xizmati xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kuni imzolangan “Ichki ishlar organlarini professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-10-son Qarori mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq yetkazishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksi” talablari xodimlarga batafsil tushuntirilib, xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB axborot xizmati