Joriy yilning 23-yanvar kuni Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi, ularning ota-onalari hamda faxriy xodimlar ishtirokida o‘tgan 2024-yilning 12 oyi davomida sodir etilgan xizmat intizomi va qonun buzilishi holatlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Muhokama yig‘ilishida Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar holati tanqidiy tahlil qilindi.
Tadbir davomida, yig‘ilganlar eʼtiboriga o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan xodimlar to‘g‘risida taʼsirchan videorolik namoyish etilib, barcha xodimlar har qanday vaziyatda ham o‘z xizmat burchiga vijdonan yondashishi shartligiga alohida urg‘u qaratildi.
Shuningdek, bir guruh faxriy xodimlar tomonidan hayotiy tajribalar yaqindan o‘rtoqlashilib, xodimlar yana-da vijdonan ish tashkil etib, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishlari zarurligi hayotiy misollar yordamida taʼkidlab o‘tildi.
Tadbir so‘ngida kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, o‘zining namunali intizomi hamda jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini taʼminlashda boshqa hamkasblariga alohida o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: