Harbiy qismda o‘quv yig‘iniga jamlangan xodimlar uchun seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 10-aprel kungi 185-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida 7255-harbiy qismda o‘quv yig‘iniga jamlangan 44 nafar xodimlarga “Muloqotchanlikni shakllantirish uni tashkil etish fuqarolar bilan muloqotga kirishishda muloyimlik va ehtiyotkorlik bilan muomalada bolish va ish ko‘lamini samaradorligini oshirish” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
Seminar-trening Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati hamda Andijon davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalari tomonidan qiziqarli tarzida o‘tkazildi
Muloqotchanlikni shakllantirish uni tashkil etish fuqarolar bilan muloqotga kirishishda muloyimlik va ehtiyotkorlik bilan muomalada bo‘lish va ish ko‘lamini samaradorligini oshirishda qol keladigan maslahatlar va qo‘llanma berib otildi.
Diqqatni jamlash borasida mashg‘ulot va treninglar o‘tkazilib xodimlar o‘rtasida "Enerjayzer" oyin mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Xodimlar bilan yakka tartibda suhbatlashilib o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar va kerakli maslahatlar berildi.
Shuningdek, mashg‘ulot davomida ularning xulq-atvorlari, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otish, jamiyatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik hissini shakllantirish, hamda ularni ishlashga bo‘lgan layoqati va ruhiy holati o‘rganilib, ruhiy yengillashtirish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Bundan tashqari, xodimlarda uchraydigan agressiya, stress, depressiya, xavotirlanish holatlarining zararli oqibatlari xususida xodimlar ongiga qiziqarli tarzda tushuntirib ularning xarakter tipini ochib beruvchi psixologik tetslar olinib natijalari shu joyning o‘zida ularga eʼlon qilindi.
Mashg‘ulot yakunida xodimlarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berib o‘tildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati