5 Sentyabr 2023 yil 8903

Shahrixon tumani IIB JXX probatsiya guruhi hisobidagi nazorat ostidagi shaxslarning kutubxonaga sayohati tashkil etildi

Shahrixon tumani IIB JXX probatsiya guruhi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularni kitobga bo‘lgan mehrini oshirish hamda erkin hayotning qadriga yetishini taʼminlash maqsadida tuman markazida joylashgan markaziy kutubxonaga sayohat uyushtirildi.

Ushbu ziyo maskanida turli kitoblar bilan tanishtirilib, kutubxonaga aʼzolikka qabul qilindilar. Hozirda bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech