15 Sentyabr 2023 yil 10123

Shahrixon tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda

Shahrixon tumanida sektor rahbarlari boshchiligida hududda barqarorlikni taʼminlash, jamoat xavfsizligini saqlash, jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida kompleks profilaktik tadbirlari davom ettirilmoqda.

Jarayonda ichki ishlar bo‘limi xodimlari boshchiligidagi faollar ijtimoiy-maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratmoqdalar.

Xususan aholi gavjum maskanlarda fuqarolar muloqotlar yo‘lga qo‘yilib, tinchlik va farovonlikni taʼminlash bosh maqsad ekanligi xususida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilyapti.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech