13 Dekabr 2024 yil 2682

Shahrihon tumanida fuqarolarning sud-huquq masalalari bo‘yicha muammolarini hal etishga qaratilgan sayyor qabul o‘tkazildi

Mamlakatimizda bugun barcha davlat idoralari aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimga o‘tdi. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda kutilgan natijalarni bermoqda.

Xususan, bugun 13-dekabr kuni Shahrixon tumanida sud-huquq masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan sayyor qabulda ham fuqarolarni qiynab kelayotgan ko‘plab muammolariga ijobiy yechim topildi.

Bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda Andijon viloyati IIB rahbariyati ham ishtirok etib, tergov-surishtiruv harakatlari, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli ijtimoiy masalalarda kelib tushgan ko‘plab murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.

O‘tkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar aholi muammolarni tinglash hamda joyida hal qilish etish maqsadlariga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech