14 Iyul 2021 yil 589

Qarovsiz qoldirilishi oqibatida o‘g‘irlangan velosiped topildi  

Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida   joriy yilning 8 iyul kuni soat 10:00 larda Andijon tumanida yashovchi M.T Andijon shahar A.Musayev ko‘chasi, 4-uy oldida fuqaro O‘.A tomonidan qarovsiz qoldirilgan narxi 1.500.000 so‘mlik velosipedni o‘g‘irlab ketganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan shu yilning 9 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech