26 Iyul 2022 yil 995

Asaka tumani IIB boshlig‘i yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugun Asaka tumani 3-sektor rahbari, IIB boshlig‘i S.Umarov boshchiligida va tegishli tashkilot rahbarlari tumanning “Mexnatobod” mahalla fuqarolar yig‘inida uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tuman bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan yoshlarning bandligini taʼminlash bo‘yicha tumandagi tashkilotlar, ishlab chiqarish korxonalaridagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida maʼlumotlar berildi.

Tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan banklar, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbarlari yoshlarga o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlari, banklardan kredit olish bo‘yicha tushunchalar berdilar.

Shuningdek, yoshlar sektor rahbaridan o‘zlariga qiziq bo‘lgan savollarga kerakli javoblarni oldilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech