Asaka tumani IIB xodimlari tomonidan uyda saqlangan 570,25 gramm “marixuana” aniqlandi
Shu yilning 10 avgust kuni soat 13:00 larda Asaka tumani ichki ishlar bo‘limining tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2020” tadbiri da'vomida,tumanning Kamolot MFYda yashovchi fuqaro X.I.ning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida hojatxonasida 3 dona selofan paketga o‘ralgan og‘irligi 570,25 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlangan va daliliy ashyo sifatida 570,25 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi olingan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati