15 Iyun 2023 yil 518

Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi xodimlari tomonidan “Uzavtomotors” AJda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sodir etilgan jinoyatlarning muhokamasi o‘tkazildi

Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi xodimlari tuman IIBning boshqa xizmatlari bilan hamkorlikda jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish orqali jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishmoqda.

Xususan, 2023-yil 12-iyun kuni Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyat qidiruv bo‘linmasi xodimlari tomonidan  joriy yilning o‘tgan davr mobaynida kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha sodir etilayotgan jinoyatlar “Uzavtomotors” AJ xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida bugungi kunda plastik kartalardagi pul mablag‘larini firibgarlar tomonidan talon-toroj  qilinishi bilan bog‘liq holatlari ko‘p sodir etilayotganligi to‘g‘risida maʼlumotlar berilib, ushbu turdagi jinoyatlar qurboni bo‘lib qolmasliklari  uchun  mavjud plastik kartalarni ishlatish va undagi yashirin  raqamlarni saqlash tartiblari  haqida atroflicha tushunchalar yetkazildi.

Shuningdek, internet jahon axborot tarmog‘idagi turli xil ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan soxta maʼlumotlarga ishonmaslik, xar xil mobil ilovalarga aʼzo bo‘lmaslik , shaxsiga oid bo‘lgan maʼlumotlarni  o‘zidan boshqa shaxslarga bermaslik kabi holatlar bo‘yicha ham tushuntirish ishlari olib borilib, ogohlikka chaqirildilar.

Muhokama yig‘ilishida sodir etilayotgan jinoyatlarga sabab bo‘layotgan omillar tub ildizigacha tahlil qilinib, hamkorlikda olib borilishi zarur bo‘lgan profilaktik chora-tadbirlar belgilab olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech