11 Avgust 2022 yil 335

Asaka tumani IIB xodimlarining huquqiy bilim saviyasi va madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor A.I.Ikramovning topshirigʻiga asosan, Asaka tumani ichki ishlar boʻlimi xodimlarining huquqiy bilim saviyasi va madaniyatini yuksaltirish, kasbiy tayyorgarligini yanada mustahkamlash borasida oʻquv-mashgʻulotlari tashkil etildi.

Oʻtkazilgan tadbirga, Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasining Tashkiliy boshqarma, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati, Yuridik taʼminlash guruhi, Navbatchilik qismi, Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi va Harbiy safarbarlik boʻlimining tajribali xodimlari jalb qilindi.

Tadbir davomida xodimlarga yoʻriqnoma oʻtkazilib, bilim saviyasini yuksaltirish, jangovar va jismoniy tayyorgarligini mustahkamlab borish, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya etish hamda qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech