12 Noyabr 2020 yil 841

Asaka tumanida hamkorlikdagi kompleks maxsus tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

Joriy yilning 12 noyabr kuni Andijon viloyati prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi,  Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi va Davlat soliq boshqarmalarining “Andijon viloyatida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta'minlash va jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish borasida hamkorlikdagi kompleks maxsus tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qo‘shma qarori doirasida  Asaka tumanida qo‘shma maxsus tezkor-profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Maxsus-tezkor profilaktik tadbir qatnashchilari bilan Asaka tumani IIBda yo‘riqnoma o‘tkazilib, 4-sektor hududi bo‘yicha guruhlarga ajratildi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar taqsimlab berildi.

Tadbirga 140 nafar ichki ishlar organlari, 16 nafar Milliy gvardiya xodimlari,  16 nafar Davlat soliq inspeksiyasi, 8 nafar Prokuratura va DXX xodimlari hamda 30 nafar maishiy xizmat xodimlari, 74 nafar jamoatchilik vakillari jalb qilindi.

Tadbir davomida mahallalarda pasport-viza, yo‘l harakati, nazorat-lisenziyalash qoidalariga amal qilinishi, bemaqsad yurib fuqarolar osoyishtaligiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan, muqaddam sudlangan, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan tezkor-profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, do‘konlar, dorixona va shunga o‘xshash ob'ektlarda karantin talablariga rioya qilish holatlari o‘rganilib, ogohlantiruv profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.

Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar viloyatning boshqa barcha shahar-tumanlarida ham davom ettirib kelinmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech