1 Noyabr 2021 yil 476

Asaka tumanida ichki ishlar organlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi  

Tinchlik va osoyishtalikni xalqimiz qanchalik qadrlasa, shu neʼmatlar tufayli xotirjam va farovon hayot kechirayotgan bo‘lsa, ularni asrash, barqarorlikni taʼminlash davlatimizning bosh maqsadlaridandir.

Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, fuqarolar, el va elatlar orasidagi totuvlik sabab xalqimiz ertangi kunga ishonch bilan boqmoqda. Bu shubhasiz, ichki ishlar organlari xodimlarining fidoyi xizmatlari natijasi.

Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati munosabati bilan Asaka tumanida ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan fidoyi xodimlar, sohada uzoq yillar samarali mehnat qilib bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan bir guruh faxriylar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi hamda sektor rahbarlari ishtirok etdilar. Tuman hokimi M.Alixanov so‘zga chiqib bugun tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida ichki ishlar organlari tomonidan tezkor-profilaktik chora-tadbirlar olib borilayotgani, bunda har bir xodimning alohida o‘rni borligini eʼtirof etdi.

O‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, jamoat tartibini saqlash bilan bir qatorda tuman hududida olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan fidoyi xodimlarning bir guruhiga sana munosabati bilan tuman hokimligining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek tadbirda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda ichki ishlar organlarida olib borilayotgan tub islohotlarning samarasiga to‘xtalar ekan, bu borada ayniqsa xodimlar va faxriylarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar bugun alohida eʼtiborda ekanligini yana bir bor taʼkidlab o‘tdilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech