19 Avgust 2023 yil 512

Asaka tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi  

Yig‘ilishda viloyat hokimining o‘rinbosari N.Mo‘minov, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari I.Ismanov, tuman prokurori A.Mirzakarimov, tuman IIB boshlig‘i S.Umarov hamda tumandagi barcha MFYlarning mahalla raisi, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilarii, profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.

Muhokama majlisida masʼullarning tumanda jinoyatchilikni jilovlash va oldini olish borasidagi kechiktirib bo‘lmas vazifalari belgilanib, hisobot davridagi kriminogen vaziyat tahlil qilindi.

Bu sohada birinchi galda mahallaning “Beshlik” tizimi  doimiy ravishda shug‘ullanishi zarurligi, keng jamoatchilikni hushyorligi va fuqarolar ziyrakligini oshirish kerakligi hamda ko‘chalar, guzarlar, tadbirkorlik subyektlari, aholi gavjum savdo markazlarida videokuzatuv kameralarini ko‘paytirish masalalari alohida taʼkidlab o‘tildi.

Mahallabay ishlash tizimi, hududdagi har bir xonadonlar holidan, sharoitidan xabardorlik, ish bilan taʼminlash va muammolarini tezkor hal qilib borish ham jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasida muhim omil ekanligi qayd etildi.

Yakunda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech