Asaka tumanida “Yo‘l qoidasi- umr foydasi” shiori ostida “Yashil chiroq” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
Asaka tumani XTB tasarrufidagi 58-umumtaʼlim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2020-yil 9-dekabr kungi qo‘shma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida “Yo‘l qoidasi- umr foydasi” shiori ostida “Yashil chiroq” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik-tanlov Asaka tumani yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilar bilan Asaka tumani yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan turli viktorinalar, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha qiziqarli o‘yinlar, savol-javoblar, qisqa sahna ko‘rinishlar tashkil qilindi.
Tadbir so‘ngida tuman yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga faxriy yorliqlar, turli sovg‘alar topshirildi.
Ushbu tadbir davomida maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan javoblar oldilar.
Andijon viloyati IIB axborot xizmati