Asaka tumanida pichoq orqali tan jarohati yetkazish bilan bogʻliq jinoyat sodir etildi
Joriy yilning 13-avgust kuni soat 20:30larda Asaka tumanida yashovchi 1983-yilda tugʻilgan erkak fuqaro N.Sh yashash uyi oldida oilaviy kelishmovchiliklar sababli qaynakasi, 1982-yilda tugʻilgan Asaka tumani fuqarosi I.M bilan janjallashib, qoʻlida boʻlgan xoʻjalik pichogʻi bilan I.Mning bel sohasiga bir marotaba urib, oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 105-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi har bir sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligi toʻgʻrisida ogohlantiradi.
Shuningdek, jinoyat sodir etilishi mumkinligini bilgan taqdiringizda, zudlik bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilishingizni soʻraymiz.
Vaholanki Siz, oʻzingizning ushbu harakatingiz bilan jinoyat sodir etilishi va salbiy oqibatlar kelib chiqishini oldini olgan boʻlasiz.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati