20 May 2021 yil 672

Asaka tumanida tirbandliklarni oldi olish borasidagi keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi

Andijon  viloyatida yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarga qulayliklar yaratish hamda tirbandliklarni oldini olish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Xususan, Asaka tumanida  joriy yilning 19 may kuni Andijon viloyati hokimligi hamda tegishli mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat IIB YHXB tomonidan berilgan takliflarga ko‘ra hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar belgilab olindi.   

Bunga ko‘ra, Asaka tumani hududidan o‘tgan davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-138 avtomobil yo‘lining 14-24 kilometrlari oralig‘ida yo‘llarni kengaytirish, harakatlanish bo‘laklari sonini 4 tadan 6 taga ko‘paytirish, markaziy ko‘chalar kesishgan chorrahalarda qo‘shimcha o‘tish yo‘llari tashkil etish, piyodalar va velosiped haydovchilari uchun maxsus harakatlanish yo‘laklari ajratish va albatta, yo‘llarni yoritish rejalashtirilgan.

Hozirda ushbu yo‘nalishdagi ishlar boshlab yuborildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech