7 May 2022 yil 345

Asaka tumanida “xonadonbay”, “oilabay” va “fuqarobay” ishlash tamoyili asosida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Avval xabar qilganimizdek, 2021-yilning 31-dekabr kuni Andijon viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan “2022-yil davomida xotin-qizlar bilan yangicha ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash, oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy ruhiy muhit barqarorligini mustahkamlash, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha” Qo‘shma Dastur asosida shahar-tumanlarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 6-may kuni ushbu Qo‘shma Dastur hamda  shu yilning 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik B.T.Abdullayevning videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Jamoat xavfsizlik departamenti boshlig‘i, podpolkovnik I.B.Ismanov boshchiligida Asaka tumanida amaliy ishlar boshlandi.

Xususan, Asaka tumani misolida “xonadonbay”, “oilabay” va “fuqarobay” ishlash tamoyili asosida kelgusida xotin-qizlar, oila-turmush doirasidagi jinoyat yoki huquqbuzarliklarning sabablari va omillarini erta aniqlash va oldini olish, mahallalarda uyma-uy yurib profilaktik tadbirlar o‘tkazish maqsadida420 nafar ichki ishlar hamda jamoatchilik vakillaridan biriktirilgan 74 ta ishchi guruhlari shakllantirildi hamda ularga qo‘llanmalar berilib, o‘zlariga biriktirilgan mahallalarga yuborildi.

Hozirda bu kabi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech