24 May 2022 yil 506

Asakada "Gashish" giyohvandlik moddasini 500 AQSH dollariga sotayotgan fuqarolar ushlandi

Joriy yilning 23-may kuni Andijon viloyati IIB JQB hamda Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorkda Asaka tumani Kujgan MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida Asaka shahrida yashovchi fuqarolar M.F hamda R.Ylar birgalikda xolis xaridorga jami 38,5 gramm "Gashish" giyohvandlik moddasini 500 AQSH dollariga sotayotganida ushlandi.

Shuningdek, fuqaro M.Fning choʻntagida 3,5 gramm "Gashish" giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat boʻyicha dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech