Asakada o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolar muammolari hal etildi
Bugungi kunda aholini rozi qilish, ular tomonidan qilingan murojaatlarni hal etish dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Shunday ekan ularni rozi qilish borasida ichki ishlar tizimida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 20 aprel kuni Andijon viloyati Asaka tumani “Yangi obod” MFY hududidagi “Mashʼal” bolalar dam olish oromgohida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulhaqov tomonidan o‘tkazilgan Sayyor qabul o‘tkazildi.
Viloyatdagi aholisi zich joylashgan tumanlardan biri bo‘lgan Asaka tumanidagi sayyor qabulda 48 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Qabulda jarayonida surishtiruv va tergov, ID karta olish, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, gaz ballon olish, moddiy yordam, issiqxona qurish uchun subsidiya ajratish, ichki ishlar organlariga ishga kirish, to‘lov kontraktini to‘lab berish va shu kabi boshqa masalalariga oid murojaatlar qabul qilindi.
Qabul jarayonida muammolarning 35 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 13 ta murojaatlarni ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.
Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Sayyor qabul davomida bir guruh yoshlarga ID kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati