Asakada tumanida “gashish” giyohvandlik moddasini 500.000 so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi
Joriy yilning 17-iyul kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani IIB JQB hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida Qo‘ng‘irot mahallasida yashovchi M.L yashash xonadonida og‘irligi 2,02 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini 500.000 so‘mga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.
Shuningdek, xolislar ishtirokida uning yonidan og‘irligi 0,46 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati