7 May 2020 yil 924

Аsakada oʼgʼirlik issiq izidan fosh etildi

2020 yilning 26 aprel kunidan 27 aprel kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs tomonidan Asaka tumani, Kamolot mahallasida yashovchi fuqaro Ro‘zivoy Abdumalikovga qarashli “Soatsozlik” savdo do‘konidan narxi 6 million 521 ming so‘mlik  qo‘l soatlari va aksesuarlar o‘g‘irlab ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan 28 aprel' kuni noma'lum shaxsga nisbatan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘irlik) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu o‘g‘irlik Asaka tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant Mashhurbek Xakimovning say-harakatlari natijasida issiq izidan fosh etildi. Ushbu talon-tarojlikni Asaka tumanida yashovchi fuqarolar P.D, A.A hamda S.O.lar  sodir etganligi  ayon bo‘ldi.

Ma'lum bo‘lishicha ushbu shaxslar Ro‘zivoy Abdumalikovning savdo do‘konidan o‘g‘irlab ketilgan telefon aksessuar buyumlarini Asaka tumanida   yashovchi  fuqaro  U.S.ga 200 ming so‘m pul evaziga sotib yuborishgan. Fuqaro U.S.dan 36 dona uyali telefon moslamasining korpuslari, 11 dona akkumulyatorlari, 51 dona g‘iloflari, 58 dona naushniklari, 29 dona  quvvatlagichlari hamda 33 dona USB kabellari daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olindi.Mazkur holat yuzasidan hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech