28 Iyun 2021 yil 707

Qasamyod – O‘zbekiston Respublikasi xalqi va Prezidentiga sadoqat bilan xizmat qilish uchun ichilgan ontdir

Har bir yigit ichki ishlar organlari safiga kirar ekan, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, mamlakat tinchligi, osoyishtaligi va xavfsizligini mustahkamlash borasidagi burchini va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan, sidqidildan bajarishga vaʼda berib, Vataniga va xalqiga sodiq bo‘lishga qasamyod qiladi. Qasamyodiga sodiq qolish ichki ishlar organlari xodimlaridan metin iroda va cheksiz vatanparvarlikni talab qiladi.

Joriy yilning 26 iyun kuni Andijon viloyati ichki ishlar organlariga qabul qilingan 88 nafar yosh xodimlar tomonidan “Ichki ishlar organi xodimining qasamyodi”ni qabul qilish tadbiri o‘tkazildi.  Unda ichki ishlar organlari faxriylari hamda xodimlarning oila aʼzolari ishtirok etdilar.

Bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlari aholining tinch-osoyishta hayotini taʼminlashdek masʼuliyatli vazifani sidqidildan bajarib, joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yana-da mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Vataniga va xalqiga sodiq bo‘lishga qasamyod qilgan bu yosh xodimlar ham o‘ylaymizki sharafli xizmatlari bilan el-yurt manfaatlariga o‘zlarning munosib hissalarini albatta qo‘shadilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

Text to speech