25 Mart 2025 yil 850

Avtomashinalardan sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati barmoq izlari orqali fosh etildi  

2025-yil 10-fevral kuni Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi Q.T viloyat IIB “102” raqamiga xabar berib, o‘ziga tegishli bo‘lgan “Gazel” rusumli avtomashinasidan narxi 799.000 ming so‘m pullarni noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Marhamat tumani IIB tezkor-tegov guruhi tarkibida tuman EKG katta eksperti tomonidan avtomashinani ko‘zdan kechirish mobaynida qo‘l barmoq izlari aniqlanib olingan.

Avtomashinalardan olingan qo‘l barmoq izlari viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazining Avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi bazasidan tekshirilganida ushbu qo‘l barmoq izlari, Buloqboshi tumanida yashovchi I.S. tomonidan qoldirilganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, I.S. bilan olib borilgan tezkor surishtiruvlar davrida yanvar oyida T.X.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinadan 1.370.000 so‘m pullarni,

fevral oyida S.A.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinadan 4.785.000 so‘m pullarni, R.S.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashinadan 7.260.000 so‘m pullarni hamda

X.G‘.ga tegishli bo‘lgan “Gazel” rusumli avtomashinadan 5.342.000 so‘m pul mablag‘ini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringanligini va pullarni shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini ma’lum qilgan. Fuqaro I.S tomonidan o‘g‘irlangan pullarning ma’lum qismi xolislar ishtirokida  bayonnoma orqali olingan.

Hozirda I.S.ga nisbatan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech